Apple kompaniyasi MacBook Air noutbukining 2017 yildagi namunasi taqdimotidan keyin uni yangilashni tugatadi. Bu haqda Xitoydagi manbaga iqtibos keltirgan holda WCCFtech ma'lum qilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, MacBook Air ishlab chiqarilishi to‘xtatilishining asosiy sababi iPad Pro plansheti MacBook Air bajaradigan barcha zarur operatsiyalarni bajarishi va buni noutbukdan yomonroq bo‘lmagan tarzda uddalashi bo‘lishi mumkin. Shu tariqa klaviaturali g‘ilofga ega iPad Pro kelajakda MacBook Air o‘rnini egallashi mumkin.
MacBook Air 2017 modellar qatoridagi oxirgisi bo‘lishi va yangi protsessor hamda kattaroq hajmdagi tezkor xotira olishi mumkin. O‘z navbatida 12 dyuymli MacBook va MacBook Pro ishlab chiqarishda qoladi va yangilanib boradi.