Yaponiyada qo‘ltiq uchun ventilyator yaratishdi

Fan-texnika 00:10 / 19.07.2016 10336

Yaponiyaning Thanko kompaniyasi noodatiy gadjyetlar to‘plami — qo‘ltiq uchun ventilyatorni ishlab chiqdi. Qurilma ko‘ylak yoki mayka qo‘liga o‘rnatilgan, teshik esa ko‘krak qafasi va yelka bo‘g‘imi orasidagi ichki qismga yo‘naltirilgan.  Ventilyatorlarni juda kichik va sezilmas darajada deb bo‘lmaydi, biroq ular o‘z ishini yaxshi bajarmoqda.

Qurilma AAA turdagi ikki batareyadan yoki noutbukka ulanuvchi USB-shnur orqali quvvat oladi. Ishlab chiqaruvchilarning qayd etishicha, batareya yoki akkumulyatorni quvvatlashga doimiy ishning 5—9 soati (tanlangan rejimga qarab) yetadi. 

Ma'lum bo‘lishicha, bu ventilyatorlar kuchli jaziramadan aziyat chekuvchi mamlakat aholisi va qattiq terlaydigan insonlar uchun foydali qurilmaga aylanadi.
 

Ko‘proq yangiliklar: