Anadolu turk agentligi Turkiya harbiy-havo kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni haqidagi yangilikni o‘chirib tashladi

Jahon 07:00 / 19.07.2016 5456

Turkiyaning Anadolu davlat axborot agentligi Turkiya harbiy-havo kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Oqin O‘zturk mamlakatda davlat to‘ntaruviga urinishda aybdorligini tan olgani haqidagi yangilikni o‘chirib tashladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Uning o‘rniga O‘zturk to‘ntaruvda ishtirok etganini tan olishdan bosh tortgani haqidagi yangilik paydo bo‘ldi. U Akinji aviabazasida tasodifan paydo bo‘lgani va boshqa harbiylarning harakatlarida ishtirok etmaganini aytgan.

O‘zturk boshqa davlatlarning to‘ntaruvga aloqadorligi haqidagi fikrni bildirgan. U shuningdek muxolif imom Fathulla Gulen isyonni tashkillashtirganiga gumon bildirdi.

Anadolu agentligi va xususiy OAV bungacha O‘ztyurk so‘zlarini turlicha berishgandi.

"Men 15 iyuldagi to‘ntaruvga urinishni rejalashtirgan yoki uni boshqargan emasman. Men buni kim qilgani ham bilmayman", deb uning so‘zlarini keltirgan OAV.

Bu orada Anadolu agentligi O‘zturk to‘ntaruvni tashkillashtirganini tan olganini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: