Sirasini aytganda, kecha kim edigu, bugun kim bo‘lganligimizni teran his kilish uchun mamlakatimiz mustaqilligining 25 yillik davri mobaynida bosib o‘tilgan murakkab yo‘limizga yana bir bor nazar tashlashimiz kifoya.
O‘tgan muddat, chin ma'noda, mamlakatimiz hayotida tub burilishlar, yangilanishlar davri bo‘ldi. Nega deganda, Prezidentimiz rahnamoligida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida nafaqat iqtisodiyotning barcha sohasida misli ko‘rilmagan natijalarga erishildi, balki yurtdoshlarimizning ongu tafakkuri yuksalib, hayotga va mehnatga munosabati butunlay o‘zgardi.
Xususan, butun dunyoda e'tirof etilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” asosida moliya muassasalarini isloh qilish hamda yanada rivojlantirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rilgani tufayli qisqa muddatda O‘zbekistonda mustaqil bank tizimi yaratildi. Aktsiyadorlik tijorat Xalq bankining o‘z faoliyati barqarorligini ta'minlash, aholi ishonchini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda, zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish borasida amalga oshirayotgan ishlari bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Ma'lumki, sobiq ittifoq davrida bank tizimi nihoyatda qoloq ahvolda bo‘lgani uchun, hech bir xalqaro tashkilot tomonidan biror marta ham e'tirof etilmagan edi. Mustaqillik yillarida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda sohada tizimli islohotlar ro‘yobga chiqarilishi, bu jarayonda tegishli Farmon va qarorlar talablari hayotga izchil tatbiq qilinishi samarasi o‘laroq, yurtimiz banklari qatorida Xalq banki ham muntazam ravishda Standard & Poors xalqaro reyting agentligining ijobiy bahosiga sazovor bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, Vank Yexro bank faoliyati texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari milliy ko‘rgazmasi har yili an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
Darhaqiqat, mustaqillik sharofati bilan respublikamiz bank tizimida, shu jumladan, Xalq bankida qator yangi xizmat turlari joriy etildi.
Yangi to‘lov tizimi barcha hududni qamrab olmoqda
Ko‘pgina chekka qishloqlarda yashovchi fuqarolarimiz ilgari kommunal va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun tuman markazlariga borganliklari hammamizga ma'lum. Xalq banki ularning manfaatlarini ko‘zda tutgan holda, nafaqat shahar va tumanlarda, balki qishloq joylarda, mahallalarda filiallar, maxsus kassalar, jamg‘arma va sayyor kassalar tashkil etib, zamonaviy texnologiyalar vositasida aholi talablari bo‘yicha bank xizmatlari ko‘rsatishga harakat qilib kelmoqda. Chunonchi, bank xodimlari o‘sha hududlarga borib, aholidan naqd pul va to‘lov terminallaridan qabul qilingan to‘lovlarni planshetlarga o‘rnatilgan maxsus dastur orqali onlayn tizimida korxonalarning hisob raqamlariga o‘tkazib kelmoqda.
Ayniqsa, dam olish kunlarida ham bank xodimlari bunday yumushni bajarayotgani fuqarolarimizga manzur bo‘lmoqda.
Xavfsizlik va ishonch garovi
Xalq banki tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Zero, bu moliya bozorida raqobatbardoshlik darajasini barqarorlashtirish, xizmat ko‘rsatish xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunda Xalq bank tizimida qo‘shimcha ravishda yangi biometrik texnologiyalar asosida mijozlarning “barmoq izi” bo‘yicha omonatlarga mablag‘larni qabul qilishda tezkor, ishonchli va kam vaqt oluvchi tizim yaratilgan.
Ushbu tizim bo‘yicha bankning jamg‘arma kassalaridagi maxsus rider uskunasi asosida omonatchilarga omonat hisob varaqlar ochish chog‘ida keyin bo‘ladigan operatsiyalarni faqatgina ularning ishtirokida amalga oshirish uchun ularning barmoq izlaridan namunalar olinadi.
Ushbu tizimning yutuqli tomoni omonatchining ishtirokisiz hech qanday operatsiyalar (foizlar hisoblanishidan tashqari) amalga oshirilmasligidir.
Mazkur xizmat joriy yilning iyul oyidan boshlab bankning barcha filiallarida to‘liq joriy etildi.
“Internet banking” va “Mobil banking” afzalliklari
Xalq banki tomonidan keyingi yillarda “Internet banking”va “Mobil banking” tizimlarini joriy etish bo‘yicha muayyan ishlar olib borilmoqda. Pirovardida mazkur xizmatlar moliya muassasasi faoliyati samaradorligini oshirish bilan birga, mijoz uchun ham qo‘shimcha qulayliklar yaratayapti.
Gap shundaki, mijoz o‘z hisob varag‘i bo‘yicha amallarni bankka bormasdan, xohlagan joyda turib, istagan vaqtda internet orqali bajarishi, ya'ni hisob varag‘idagi mablag‘larni o‘tkazish, ularning holati, mablag‘ning kelib tushishi, to‘lovlarning aks etishiga doir ma'lumotlarni olishi mumkin.
Bu uning vaqtini tejashi, manzilning uzoq-yaqinligiga qaramasdan, mablag‘ini tezkor boshqarishi uchun afzalliklar emasmi?
E'tiborlisi, siz haqingizdagi har qanday ma'lumot sir saqlanishi qonun bilan belgilangan bo‘lib, unga amal qilish Xalq banki tomonidan kafolatlanadi.
“SMS-xabarnoma” xizmati
Aktsiyadorlik tijorat Xalq bankining jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi ishtirokchilari uchun “SMS-xabarnoma” xizmat turi joriy etildi.
Ushbu interaktiv xizmat turi Xalq bankida Jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi ishtirokchilariga yangi, zamonaviy xizmat turlari ko‘lamini kengaytirish hamda axborot kommunikatsiya sohasidagi ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga tez va ishonchli xizmat ko‘rsatish imkoniyatini beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu xizmat mijozning mobil aloqa vositalari orqali istalgan vaqtda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobraqamidagi mablag‘lar qoldig‘i to‘g‘risida ma'lumot olish imkonini beruvchi dasturiy tizimdir.
Bank axborot xizmati.