AQSh Turkiya bilan aviaqatnovlarni tikladi

Jahon 10:16 / 19.07.2016 3303

Qo‘shma shtatlar davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin uzilgan Turkiya bilan aviaqatnovlarni tikladi. Lekin bu mamlakatda terroristik xuruj tahdidi saqlanib qolayotgani uchun fuqarolarga bu mamlakatga bormaslik tavsiya etilmoqda.

"Havo transporti federal agentligi (FAA) Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish yuz bergach, 2016 yilning 15 iyulidan xavfsizlik nuqtai nazaridan bu mamlakat bilan aviaqatnovlarni bekor qilgandi... Endilikda AQSh va Turkiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar tiklandi", deyilgan AQSh Davlat departamenti xabarida.

15 iyul oqshomida harbiylar Turkiyada hukumatni qo‘lga olgani haqida ma'lum qilishdi. 16 iyul kuni tongida isyon bostirildi. Turkiya hukumati davlat to‘ntarishiga urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangani haqida e'lon qildi.

Turkiya huquq tartibot organlari xodimlari shu vaqtgacha isyonga aloqadorligi gumon qilingan shaxslarni qo‘lga olishda davom etmoqda. Ayni vaqtga kelib 7500 kishi qo‘lga olingan.

Turkiya TIV tarqatgan xabarga ko‘ra, to‘qnashuvlar vaqtida ikki tomondan jami 290 kishi halok bo‘lgan.

Turkiya hukumati davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida AQShda istiqomat qiluvchi Fathulloh Gulenni ko‘rsatmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: