Janubiy Koreya kompaniyasi NASAga litiy-ion batareyalari yetkazib beradi

Fan-texnika 10:48 / 18.07.2016 4868

Janubiy Koreyaning LG Chem Ltd. kompaniyasi NASA litiy-ionli akkumulyator batareyalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ular, fazogirlarning skafandrlarida qo‘llaniladi, deyiladi kompaniya tarqatgan axborotda. 

"Bu janubiy koreyalik kompaniya va NASA o‘rtasidagi ilk shartnomadir", - deb aniqlik kiritilgan hujjatda. Unga ko‘ra, mahsulotlarni yetkazib berish joriy yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi. 

LG Chemning qayd etishicha, NASA bilan hamkorlik "shubhasiz, aviatsiya va aerokosmik sohada faoliyat yurituvchi boshqa kompaniyalar bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni istayotgan firma ishlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi".

Shunday bo‘lsa-da, bitimning moliyaviy jihatlari sir tutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: