2016 yil 14 iyul kuni «O‘zbekkino» Milliy agentligida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal - demokratik partiyasi Toshkent shahar Shayxontohur tuman Kengashi tashabbusi bilan «Go‘zal va betakrorimsan mustaqil Vatanim, jonim senga fido O‘zbekistonim» shiori ostida «Buyuk va muqaddas mustaqil Vatan» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda agentlik markaziy apparati xodimlari, tizimdagi korxona-tashkilotlar rahbar va mas'ul xodimlari, shuningdek bir qator kinoijodkorlar ishtirok etishdi.
Davra suhbatini «O‘zbekkino» Milliy agentligi bosh direktori Atabek Musayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Fayziyeva, O‘zLiDeP Shayxontohur tuman Kengashi raisi va boshqalarning ma'ruzalari tinglangach, davra suhbati ishtirokchilari fikr va mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Davra suhbati yakunida, «O‘zbekkino» Milliy agentligida O‘zLiDePning boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzilganligi e'lon qilinib, uning a'zolariga guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.