O‘zbekistonlik tennischi Xitoyda o‘tgan xalqaro turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Sport 16:45 / 18.07.2016 3586

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan tashkil etilgan xalqaro turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. 

Nigina tailandlik Nicha Lertpitaksinchayni 7:5, 6:4, xitoylik tennischi Di Jaoni 4:6, 6:2, 4:0, chorak finalda mezbon tennischi Fang Ying Xunni 6:2, 6:3, yarim finalda Janubiy Koreya vakili Su Jyeong Jangni 7:5, 4:6, 7:5 hisobida yengdi. Finalda xitoylik Fangjou Liu ustidan 7:5, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Ko‘proq yangiliklar: