O‘zbekiston Fanlar akademiyasi boshqaruv tuzilmasi takomillashtiriladi

O‘zbekiston 12:54 / 18.07.2016 10029

O‘zbekiston hukumatining 11 iyuldagi qaroriga (PDF) muvofiq, Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritildi.

Vitse-prezidentlar soni bittaga qisqartirilgan (FA sayti ma'lumotlariga ko‘ra, ular soni hozirda uch nafar — fizika, matematika va texnika fanlari bo‘yicha, tabiiy fanlar bo‘yicha va ijtimoiy gumanitar fanlar bo‘yicha vitse-prezidentlar).

Vitse-prezident Ilm-fan tarmoqlari bo‘yicha ilmiy-texnik dasturlar shakllantirilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishi monitoringini olib borish bo‘limi faoliyatiga mas'ul qilindi.

Fanlar Akademiyasi tuzilmasida bosh ilmiy kotib mas'ulligi ostida Yig‘ma tahlil va ilmiy tadqiqotlar natijalarini baholash sektori ham faoliyat olib boradi.

Xalqaro bo‘lim vazifasini Xalqaro ilmiy aloqalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis bajaradigan bo‘ldi.

Qarorda qayd etilishicha, Fanlar Akademiyasi boshqaruv apparati tuzilmasini takomillashtirish akademiya faoliyati samaradorligini oshirish, ilmiy vakadrlar salohiyatidan oqilona foydalanish, ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini kuchaytirishni ta'minlashga qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: