Olmaotadagi terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 nafar, yana 7 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda «Interfaks» agentligi terrorizmga qarshi kurash shtabi ma'lumotiga asoslanib xabar tarqatdi.
"Hukumatga qarshi harakatlar davomida huquq tartibot organlari vakillaridan hamda tinch aholidan 5 kishi halok bo‘ldi, yana 7 kishi jarohatlandi", deyilgan shtab xabarida.
Bundan oldinroq, mahalliy nashrlarda qurbonlar soni 7 nafar ekani yozilgandi.
Ayni vaqtga kelib Olmaotada terrorchilikning "qizil darajasi" bekor qilingan va aksilterror amaliyotlar yakunlangan.