Turkiyalik harbiy Anqara sudi binosida otishma keltirib chiqardi. Bu haqda Turkiya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, ayni damda o‘t ochgan harbiy qo‘lga olingan. Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra esa u o‘ldirilgan.
Associated Press nashri xabar berishicha, sud binosiga harbiy to‘ntarishga urinishni amalga oshirishda ayblanib qo‘lga olingan 27 general va admiral, shu jumladan, Turkiya HHK sobiq qo‘mondoni Akin O‘zturk keltirilganidan keyin otishma boshlangan.
Akin O‘zturk mamlakatda harbiy to‘ntarishga uringan isyonchilar yetakchisi deb hisoblanmoqda.
Avvalroq Turkiyada davlat to‘natirishi qilishda ayblanib, 103 general va admiral qo‘lga olingani va ulardan 40 nafar hibsda ekani ma'lum qilingandi.