Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishdagi ishtiroki uchun mamlakatning Ikkinchi armiyasini boshqaruvchi general Odam Hudutiy hibsga olindi. Bu haqda Daily Sabah xabar bermoqda.
Bu armiya Anatoliya yarimoroli hamda mamlakatning Iroq, Eron va Suriya bilan chegaralarini himoya qiladi.
Avvalroq to‘ntaruvga urinishdan keyin Turkiyada 103 general va admiral hibsga olingani ma'lum qilingandi. Hammasi bo‘lib 7,5 ming kishi hibsga olingan.