Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha tekshiruvlar doirasida 3 milliondan ortiq davlat organlari xizmatchilarining mamlakat chegaralaridan tashqariga chiqishi man etildi. Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirimning tegishli qarori asosida davlat amaldorlarining yillik ta'tillarini bekor qilgan.
Hujjatda ta'kidlanishicha, ta'tilga chiqib ulgurgan xodimlar ishga qaytishi va xizmat vazifalarini bajarishga tezroq kirishi lozim.
Agentlikning qayd etishicha, bu farmon Turkiyadagi muvaffaqiyatsizlikka uchragan davlat to‘ntarishi munosabati bilan davlat, sud organlari va armiyada boshlangan yalpi tozalash bilan bog‘liq ravishda e'lon qilindi.
Bundan oldinroq Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinishdan keyin 30 nafar gubernator o‘z lavozimidan chetlatilgani ma'lum bo‘lgandi.