Turkiyada 8 ming nafar politsiyachi ishdan bo‘shatildi

Jahon 14:25 / 18.07.2016 8118

Turkiyada amalga oshmay qolgan davlat to‘ntarishidan so‘ng, 8 ming nafar huquq posboni vazifasidan ozod etildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Xususan, Istanbul va Anqaradagi politsiya xodimlari ishdan bo‘shatilgan. 

Manbalarning xabariga ko‘ra, ular davlat to‘ntarishi ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashda gumon qilinmoqda. 

Avvalroq, Anqara shahri sudi hokimiyatga qarshi harbiy isyonga aloqasi borlikda gumon qilingan 99 kishini hibsga olish bo‘yicha qaror chiqargani habar qilingan edi. Ular orasida, Turkiya HHK generali Hoqon Evrim ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: