Turkiyada 103 nafar general va admiral harbiy to‘ntaruv harakatida ayblanib qo‘lga olindi

Jahon 14:59 / 18.07.2016 9368

Turkiya hukumati mamlakatdagi harbiy to‘ntaruv harakatidan so‘ng kamida 103 nafar general va admiralni qo‘lga oldi. Bu haqida Haberkibris nashri ma'lum qilgan

Ularning orasidan 40 nafar general hibsga olindi. Qolganlarga nisbatan esa huquqiy jarayonlar davom etayotganligi ta'kidlanmoqda. Ko‘pchilik ishtirokchilar so‘roq qilinmoqda.

Turkiyadagi harbiy to‘ntaruv harakatlari natijasida 161 kishi halok bo‘lgan, 1440 nafar kishi turli jarohatlar olgan. O‘tkazilgan operatsiyalar samarasida 2839 harbiy qo‘lga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: