Saudiya Arabistoni podshohligi, mamlakatning sharqiy sohillarida, o‘z tanker floti safini kengaytirish maqsadida kemasozlik majmuasini barpo etadi. Bu haqda, mamlakat energetika vaziri Xolid al Falix bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.
"Jahonda neft qazib olish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan mamlakat, nihoyat o‘zining neft salohiyatiga mos keladigan flotga ega bo‘ladi", - degan energetika vaziri. U, shuningdek, Saudi Aramco davlat neft kompaniyasiga, jahon talabini qondirish uchun ko‘plab tankerlar zarurligini bildirgan.
Xalqaro energetika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Saudi Aramco kompaniyasi joriy yilning ilk 4 oyida mijozlariga kuniga o‘rtacha 7,6 mln barrel neft yetkazib bergan.
Shu bilan birga, kompaniya dunyo bo‘ylab neft quyuvchi tankerlarning eng yirik flotiga ham ega.