Rossiya hukumati, Bangladeshning ilk AESini qurish uchun 11,38 mlrd dollar miqdoridagi eksport kreditini taqdim etish bo‘yicha qarorni ma'qulladi.
«Bangladesh Xalq Respublikasi va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi, Bangladesh hukumatiga ushbu mamlakat hududida birinchi AES qurilishini moliyalashtirish uchun davlat eksport kreditini taqdim etish bo‘yicha imzolangan kelishuv tasdiqlansin», — deyiladi hukumat qonunchilik axborotlari saytida.
Mablag‘lar, Pabna okrugi Gang daryosi sharqiy sohilida «Ruppur» AESini barpo etishga yo‘naltiriladi. AES har birining quvvati 1200 mVt bo‘lgan ikkita energoblokdan iborat bo‘ladi. Uning birinchi bloki 2022 yilda, ikkinchisi 2023 yilda foydalanishga topshiriladi