Polshalik yangi juftlik "adog‘i yo‘q" asal oyiga jo‘nashdi

Light 22:51 / 18.07.2016 11509

Polshalik yangi juftlik Karolina va Bartek Vudnyak "adog‘i yo‘q" asal oyiga jo‘nashdi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Ularning sayohati 2015 yil noyabrda boshlangan. Ayni vaqtda yoshlar Panama, Kolumbiya, Peru, Boliviya, Chili, Ekvador, Argentinada bo‘lishga ulgurishda. 2016 yil noyabrda sayohatchilar Yangi Zelandiyaga borishmoqchi. Ular, shuningdek, Avstraliya va Osiyo davlatlarida ham bo‘lishmoqchi. 

Ayol jurnalist-frilanser bo‘lib, erkak esa sayohat deb ishini tashlagan. Ta'kidlanishicha, u safar uchun pullarni bir necha yil to‘plagan.   

Juftlikning aytishicha, ular oilalari, do‘stlari va polyak oshxonasini sog‘inishgan. Shu bilan birga ular qachon uylariga qaytishlarini bilmasliklarini aytmoqdalar. "Ehtimol, bu 2  yoki 5 yildan keyin yuz berar", deb aytdi Karolina.

Ko‘proq yangiliklar: