Qozog‘istonning Olmaota shahri favqulodda vaziyatlar xizmati OAVda guvohlarning shaharda otishma ovozlarini eshitishgani to‘g‘risida xabarlar tarqalganidan so‘ng, shahar aholisiga uylaridan tashqariga chiqmasliklarini tavsiya qildi.
18 iyul tongida Qozog‘istondagi ommaviy axborot vositalari Olmaota markazida joylashgan Almalinsk tumani ichki ishlar bo‘limi atrofida otishma ovozlari eshitigani haqida xabar tarqatgan edi.
Tengrinews.kz portali tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, Almalinsk tumani IIB atrofi o‘rab olingan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni binodagi xodimlar ofisdan chiqmagan.