Olmaotada politsiyachilarni o‘qqa tutgani gumon qilingan yana bir shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda RIA Novosti Qozog‘iston IIVga asoslanib xabar berdi.
Bundan oldinroq hujum qilganlardan biri qo‘lga olingani, yana biri qidirilayotgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, noma'lum shaxslar Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Olmaota shahar departamenti va shaharning Almali tumani politsiya departamenti binolariga hujum uyushtirdi. Shaharda terrorchilik tahdidining «qizil» darajasi e'lon qilindi.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bu voqealardan keyin Xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari majlisini chaqirdi.