Olmaotadagi otishmadan keyin Qirg‘iziston bilan chegarada nazorat kuchaytirildi

Jahon 15:20 / 18.07.2016 8139

Olmaota voqeasidan keyin Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasida nazorat kuchaytirildi. Bu haqda Tengrinews.kz  sayti chegara xizmatidagi manbasiga asoslanib xabar tarqatgan.

"Chegarada xavfsizlikni ta'minlash maqsadida Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida nazorat-o‘tkazuv punktida qat'iy rejim o‘rnatildi va soqchilar soni oshirildi", deyilgan xabarda.

Bugun Olmaota shahri markazidagi Almali tumanida IIV binosi yaqinida qurollangan shaxslar politsiyachilarga hujum qildi.

Ayni vaqtga kelib otishma qurbonlari soni 7 nafarga yetgan.

Hujum qilganlardan biri o‘ldirilgan, biri qo‘lga olingan va yana birini qidirish ishlari olib borilmoqda.

Qozog‘iston Milliy Xavfsizligi qo‘mitasi jinoyatchilar tumanlardagi politsiya bo‘linmasi va MXX binosini hujum obekti sifatida tanlashgani haqida ma'lum qilmoqda.

Shaharda terroristik xavfning qizil (eng yuqori) darajasi joriy etildi. Aholi va Olmaota mehmonlaridan turar joylarni tark etmaslik va odamlar ommaviy to‘planadigan joylardan uzoqroq bo‘lish so‘ralmoqda.

Olmaota shahri bo‘ylab «Qo‘lga olish» maxsus amaliyoti o‘tkazilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: