Olmaotadagi otishma qurbonlari soni 4 nafar, shundan bir nafari tinch aholi vakili

Jahon 14:31 / 18.07.2016 4958

Olmaotadagi qurolli hujum qurbonlari soni 4 nafarga yetdi: 3 nafar politsiyachi va 1 nafar oddiy fuqaro halok bo‘lgan. Bu ma'lumot Qozog‘iston IIV tomonidan tarqatildi.

"Afsuski jinoyatchilardan biri yo‘lda avtomobillardan birini to‘xtatib, haydovchini o‘ldirgan va mashinaga minib voqea joyida jo‘nab ketgan", deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni vaqtda shaharda aksilterror amaliyot davom etmoqda. Shaharda terrorchilik xavfining "qizil" darajasi e'lon qilingan.

Amaliyot davomida hujum ishtirokchilaridan biri qo‘lga olingan. U Qizilo‘rda viloyatida istiqomat qiluvchi qozog‘istonlik. 27 yoshli bu shaxs muqaddam sudlangan. U o‘tgan haftada ham qotillik sodir etgani gumon qilinmoqda.

Olmaotadagi qurol sotiladigan barcha do‘konlar noma'lum muddatgacha yopilgan. Politsiya shahardagi vokzalni o‘rab olgan, aholiga uylaridan chiqmaslik tavsiya etilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: