Qozog‘istonning Olmaota shahri markazidagi Almalinsk tumani hududidagi IIV binosi yaqinida yuz bergan otishma oqibatida kamida 2 politsiyachi halok bo‘ldi va bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda RIA Novosti Qozog‘iston maxsus xizmatlaridagi manbasiga asoslanib xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, politsiya binosiga bir necha qurollangan shaxs hujum uyushtirgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujum qilganlardan biri qo‘lga tushirilgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, hujum qiluvchilardan yana biri o‘ldirilgan.
Otishma mahalliy vaqt bilan 11−11:30 atrofida mahalliy IIB yaqinida yuz bergan.
Ayni vaqtda shaharda aksilterror amaliyot o‘tkazilmoqda. Shahar ichki ishlar departamenti fuqarolardan uydan chiqmaslik va odamlar to‘plangan joylardan uzoqroq bo‘lishni so‘radi.