Qozog‘istonning Olmaota shahridagi barcha qurol do‘konlari noma'lum muddatgacha yopib qo‘yildi. Bu haqda Tengrinews.kz portali xabar tarqatdi.
Qurol do‘konlarini qo‘riqlash ishlari kuchaytirilgan.
Ayni vaqtda shahardagi Almalinsk tumani IIB binosi yaqinida otishma ovozlari eshitilgach hudud politsiyachilar halqasi bilan o‘rab olingani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, guvohlar boshqa bir tumandagi Nikolinsiy bozori yaqinida ham o‘q ovozlarini eshitishgan.
Shaharda aholiga uylardan va ofislardan tashqariga chiqmaslik tavsiya qilingan.
Otishma yuz bergan hududlarga maxsus xizmat vakillari hamda tibbiyot xodimlari yetib borgan.
Kamida 2 kishining o‘qotar quroldan jarohatlangani ma'lum.