Olmaotada terroristik xavfning «qizil daraja»si e'lon qilindi

Jahon 11:53 / 18.07.2016 21304

Olmaota shahrida terroristik xavfning eng yuqori, ya'ni «qizil» daraja e'lon qilindi, aholiga tegishli axborotdan iborat SMS-bildirishnomalar kelmoqda. Bu haqda RIA Novosti shahar politsiyasiga asoslanib xabar tarqatdi.

Bundan oldingi xabarlarda noma'lum shaxslar hujumi oqibatida 2 politsiyachi halok bo‘lgani va bir necha kishi jarohatlangani, shuningdek, hujum qiluvchilardan biri o‘ldirilib, yana biri qo‘lga olingani ma'lum qilingandi.

Ayni vaqtda shaharda rejali aksilterror amaliyot o‘tkazilmoqda.

Otishma mahalliy vaqt bilan 11−11:30 atrofida mahalliy IIB yaqinida yuz bergan.

Qayd etilishicha, politsiya binosiga bir necha qurollangan shaxs hujum uyushtirgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujum qilganlardan biri qo‘lga tushirilgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, hujum qiluvchilardan yana biri o‘ldirilgan.

Ma'lumot uchun, «qizil» daraja bir nechta holatlarda e'lon qilinadi — sodir bo‘lgan terakt haqida yoki takroriy hujumlar tayyorlanayotgani haqida ma'lumot bo‘lsa.

Ko‘proq yangiliklar: