Internetda Olmaotadagi otishma ijrochilaridan biri ekani aytilayotgan terrorchi tasvirlangan video tarqaldi.
Videoda qarama-qarshi tomondan kelayotgan avtomobilga qurol o‘qtalib ko‘cha o‘rtasiga chiqqan terrorchi tasvirlangan. Uni avtomobil rulidagi haydovchi qiz videoga olgan. U atrofda nima ro‘y berayotganini yaxshi anglamagan va yo‘lida davom etgan.
Guvohlarning ma'lumotiga ko‘ra, terrorchi keyinroq yer osti yo‘liga tushib ketgan.
Bundan oldinroq, Olmaotaning Almali tumanidagi IIV binosi oldida otishma chiqarganlardan biri yo‘lda haydovchini o‘ldirib, uning mashinasida noma'lum tomonga yo‘l olgani haqida ma'lum qilingandi.
Ayni vaqtga kelib, hujum oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 4 nafar. Shuningdek, 7 politsiyachi reanimatsiyada qolmoqda.
Hujum qilganlardan biri qo‘lga olingan, otishma vaqtida bir jangari o‘ldirilgan.