Yaqinda AQShning Madison universiteti olimlari tomonidan tadqiqot o‘tkazildi. Unga ko‘ra, har kungi ovqatlanish baxtiyorlik hissi bilan aloqador bo‘lsa, bolalagan sigirlar qonida kalsiy miqdorini oshishiga hissa qo‘shar ekan. Tadqiqot xulosalari Journal of Endocrinology jurnalida nashr etilgan.
Olimlar tadqiqot davomida golshtin va jyersey zotiga mansub 24 ta bo‘g‘oz sigirga serotoninga o‘xshash preparat berib borishdi. Avvalroq kemiruvchilar ustida olib borilgan tadqiqotlar ham kalsiy miqdorini oshganini ko‘rsatgan edi.
Oxirgi tadqiqotlar ikki zotda kalsiylar harakatining turlicha bo‘lganligini ko‘rsatdi. Tadqiqot muallifi Lora Gernandezning ma'lum qilishicha, serotonin kalsiy miqdorini golshtin zotiga mansub sigir qonida, jyersey zotiga mansub sigirning esa sutida ko‘paytirgan.
Tadqiqotchilarning qo‘shimcha qilishicha, bu holat sutga hech qanday ta'sir o‘tkazmaydi. Jumladan, ovqatlanish rejimi va garmonlar darajasiga ham.