OAV: AQSh Injirlik bazasining qo‘mondoniga boshpana berishni rad etdi

Jahon 08:54 / 18.07.2016 6378

Turkiyaning Injirlik aviabazasiga qo‘mondonlik qilgan, Anqara tomonidan mamlakatdagi harbiy to‘ntaruvga urinishga aloqadorlikda ayblangan Bakir Erjon Van AQShda boshpana berilishini so‘radi, biroq rad javobini oldi. Bu haqda The New York Times gazetasi ma'lum qildi. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, "dam olish kunlari Van AQShning rasmiy shaxslariga boshpana berilishini so‘rab murojaat qilgan, biroq rad javobini olgan". Gazeta boshqa tafsilotlarni keltirmagan.

17 iyulda OAV Injirlik bazasi qo‘mondoni turk hukumati tomonidan harbiy to‘ntaruvga urinishga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olinganini ma'lum qildi. U bilan birga boshqa harbiylar ham hibsga olingan.   

Injirlik bazasida Vashington va uning ittifoqdoshlari IShIDga qarshi kurashda ishlatadigan aviatsiya joylashgan. Turkiyadagi to‘ntaruvga urinish sababli aviabazadan operatsiyalarning o‘tkazilishi bir kunga to‘xtatilgandi. Hozir operatsiyalar qayta boshlangan.

Ko‘proq yangiliklar: