Nazarboyev Olmaota voqealarini terakt sifatida baholadi

Jahon 17:48 / 18.07.2016 8503

Oqo‘rdada Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligidan Xavfsizlik kuchlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmatiga asoslanib Tengrinews.kz xabar tarqatdi.

Yig‘ilish vaqtida respublika Ichki ishlar vaziri Qosimov, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Jumakanov va boshqa amaldorlarning Olmaota voqealari bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Qozog‘iston prezidenti qurbonlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi va jabrlanuvchilarga zarur yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

"Bugun Olmaotada terrorchilik akti bo‘lib o‘tdi. Afsuski, bu hodisa insonlar o‘limiga sabab bo‘ldi. Qurbonlarning va jabrlanuvchilarning yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Ularga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatiladi. Tegishli organlar shaharda tinchlik ta'minlanishi uchun barcha zarur choralar ko‘radi", degan Nazarboyev.

Ko‘proq yangiliklar: