Moskvaning SHCHerbin sudi poytaxtdagi metroda Qur'onni yoqib yuborgan 12 nafar neonatsist ustidan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga qamoq jazosi hukmini o‘qidi. Bu haqda sud matbuot kotibi Svetlana Bextina xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, sud tomonidan ularga 5 yildan 10 yilgacha qattiq tartibli umumiy kaloniyada ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Eng uzoq muddat ko‘p jinoiy guruh rahbari, Tver viloyatilik Aleksandr Sokolovga nisbatan tayinlangan. Qo‘lga olinganlarning aksariyati jinoyat sodir etgan vaqtda voyaga yetmaganlar hisoblangan va ular hamon mana shu maqomda turishibdi. Ularga nisbatan 4,5 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilgan. Qolganlar esa 4 yildan 6 yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanishgan.