Mercedes-Benz kompaniyasi avtonom boshqaruv tizimi bilan jihozlangan kelajak avtobusini taqdim qildi. Niderlandiyadagi 20 km lik Bus Rapid Transit (BRT) avtobus trassasida sinovdan o‘tkazilgan kontsept Future Bus nomini oldi.
Prototip Citaro oilasining seriyali avtobuslarida ishlatiladigan platforma negizida qurildi. CityPilot deb nomlangan avtonom boshqaruv tizimi ko‘plab datchiklar, kameralar va GPS moduli yordamida ishlaydi. "Mersedes"da avtopilot avtobusni santimetrgacha aniqlikda boshqara olishi ta'kidlab o‘tildi. U svetofor signallari va yo‘lidagi to‘siqlarni anglay oladi hamda yo‘lovchilarning chiqish va tushish joylarida mustaqil to‘xtay oladi. Avtopilot ishlay oladigan maksimal tezlik 70 km/soatni tashkil qiladi.
Avtobus salonida futuristik o‘rindiqlar, shipda katta axborot displeyi, chiptalarni o‘qiydigan innovatsion qurilma va smartfonlarni simsiz quvvatlagichlar joylashtirilgan. Avtobus dizaynerlarining g‘oyasi bo‘yicha, ushlagichlar o‘z shakli bo‘yicha daraxtlarni eslatib yuborishi kerak.
Salon uchta hududga bo‘lingan. Birinchi hudud haydovchi ortida joylashgan va "xizmat ko‘rsatuvchi" deb ataladi. Ikkinchi hudud avtobus o‘rtasida joylashib, birinchi navbatda qisqa masofalarga boradigan yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan. Uchinchi hudud avtobusning orqa qismida bo‘lib, o‘zidan dam olish joyini aks ettiradi.
Ushbu avtobuslarning yo‘llarda paydo bo‘lishining aniq vaqti aytilmagan. "Mersedes"da bunday transportning tarqalishi BRT turidagi yo‘llar sonining o‘sishiga bog‘liqligi aytildi. Kompaniya o‘z avtobuslarini rivojlantirish uchun 2020 yilgacha 200 mln dollar sarflamoqchi.