Braziliyalik yozuvchi va shoir Paulo Koelo saraton bilan kasallangan murmansklik qizni qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda FlashNord. Qizchaning ismi Yekaterina Pudova bo‘lib, yoshi 7 da. 2014 yilda unga "buyrakning yomon sifatli o‘simtasi" tashxisi qo‘yilgan.
Pudova davolanish vaqtida uchta operatsiya, 17 ta kimyoterapiya blokini boshidan o‘tkazgan. Ayni vaqtda u Moskvadagi Dmitriy Rogachev nomidagi Bolalar gematologiya, onkologiya va immunologiyasi federal ilmiy-klinik markazida davolanmoqda.
"Braziliyalik shoir Paulo Koeloning o‘zi Katyaga salom yo‘llamoqda va tezroq tuzalib ketishini tilamoqda. Uning kitoblarida millionlab kitobxonlar savollariga javob topadilar", deb aytdilar Pudova yaqinlari. Ularning aytishicha, bunday "ajoyib salom" qizning tuzalib ketishiga eng ijobiy ko‘mak beradi.
Koelo eng ommabop zamonaviy mualliflardan hisoblanadi. Uning kitoblarining barcha tillarda chop etilgan umumiy nusxasi 300 mln nusxaga yetadi. Koeloning "Alkimyogar" nomli kitobi eng ko‘p tarjima qilinuvchi asar sifatida 2008 yilda Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan.