Lavrov: Turkiyadagi hodisalar RF HKKlarining Suriyadagi faoliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi

Jahon 16:54 / 18.07.2016 5611

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning fikricha, Turkiyaning Injirlik harbiy aviabazasidagi vaziyat Suriyadagi aksilterror amaliyotlarga naqadar ta'sir etishi to‘g‘risidagi savolga, AQSh yetakchiligidagi koalitsiya tomonidan oydinlik kiritilishi lozim. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, RF havo kosmik kuchlarining Suriyadagi faoliyati "prezident Bashar Asadning rasmiy murojaatidan so‘ng, Damashq bilan imzolangan kelishuvga asoslangan". "Shu ma'noda, suriyaliklar bilan kelishuvimizni amalga oshirishda hech qanday muammo paydo bo‘lmaydi", - deb ta'kidlagan vazir. 

Lavrov shuningdek, Rossiya Turkiyadagi barcha muammolarni Konstitutsiya doirasida hal etishga chaqirishini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: