XVJ Qirg‘iziston iqtisodiyotining yillik o‘sish sur'atlarini kamaytirdi

Iqtisodiyot 20:31 / 18.07.2016 6144

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi Qirg‘iziston iqtisodiyotning 2016 yilgi o‘sish sur'atlarini 2,2 foizgacha pasaytirdi, deyiladi Jamg‘arma delegatsiyasining respublikaga amalga oshirgan tashrifiga oid hisobotida. 

Qayd etilishicha, respublika iqtisodiyotiga yil boshida tushgan murakkab bosim, mintaqadagi umumiy iqtisodiy vaziyat birmuncha barqarorlashgach, kamaymoqda. 

Umuman, iqtisodiy o‘sish birinchi yarimyillikda 2,3 foizni, oltin narxini hisobga olmaganda 1,2 foizni tashkil etgan. Pul qadrsizlanishi unchalik yuqori bo‘lmagan va iyun oyi oxiriga kelib, inflyatsii darajasi 1,3 foizdan iborat bo‘lgan. 

Milliy valyuta - som kursi iyul oyida 11,3 foizga mustahkamlangan. 


 

Ko‘proq yangiliklar: