Xitoy Rio-de-Janeyroga 416 sportchi bilan yo‘l oladi, ular orasida 35 nafar Olimpiya chempionlari bor. Bu haqda XXR davlat jismoniy tarbiya va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Tsay Chjenxua ma'lumotiga asoslanib, “Sinxua” agentligi ma'lum qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “bu Xitoy sportchilari eng ko‘p miqdorda qatnashgan ilk musobaqa bo‘ladi”. Xitoy olimpiya jamoasi tarkibiga 160 nafar erkak va 256 nafar ayol sportchi kirgan. Ular 26 sport turi bo‘yicha 210 ta bellashuv o‘tkazishadi. Umumiy delegatsiya 711 kishidan iborat. Ular ichida 29 nafar xorijlik murabbiy ham bor. Jamoa tarkibidagi eng yosh sportchi 14 yashar Ay Yanxan bo‘lib u 200 metrga suzish va ayollar estafetasi bahslarida ishtirok etadi. Eng yoshi katta sportchi yozgi Olimpiada o‘yinlari chempioni 39 yashar Chen In bo‘lib, o‘q otish bahslarida qatnashadi.