Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda oziq-ovqat transport-logistika markazini barpo etadi

O‘zbekiston 13:37 / 18.07.2016 18005

Xitoyning Xinjiang Silu Changlong Investment Co., Ltd firmasi O‘zbekistonning Buxoro viloyatida oziq-ovqat transport-logistika markazini barpo etishni rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda, Xitoy kompaniyasi O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi ko‘magida mazkur loyiha ustida ishlamoqda. 

Loyiha doirasida, zamonaviy logistika markazi, meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan ikkita korxona, bundan tashqari karton va plastik idish hamda qutilarni ishlab chiqaruvchi quvvat tashkil etiladi. 

Loyiha, shuningdek, zamonaviy issiqxona va intensiv bog‘larni yaratish, MAN avtomuzlatgichlarni xarid qilishni ko‘zda tutadi. 

Kompaniya rahbari Tian Jan Nan so‘zlariga ko‘ra, xorijiy sarmoyalarning umumiy miqdori 28,7 mln dollarni tashkil etadi. Loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritish va XXR Eksimbanki kreditlari hisobiga amalga oshiriladi. 

Markaz tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarning barchasi xorijga eksport qilinadi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: