Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Fransiya hukumatini terrorchilik xavfiga qarshi kurashish borasida nosamaradorlikda ayblab tanqid qildi, deb xabar bermoqda televideniyega iqtibos keltirgan holda L'Express nashri.
"Fransiyada Charlie Hebdo tahririyatida yuz bergan teraktdan keyin terrorchilikka qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan choralardan birortasi qabul qilinmagan", deb aytdi Sarkozi.
Sarkozi ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi saytlarni yaratish uchun jazoni ko‘zda tutuvchi qonunning ko‘rib chiqilishi cho‘zilib ketgani va potensial xavfli fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan kishilar bo‘yicha 11,4 ming ishga e'tiborsiz yondashilganiga ishora qildi.