Fotojamlanma: Moskvadagi favqulodda ob-havo sharoiti qanday natijalarga olib keldi?

Jahon 18:20 / 18.07.2016 12242

18 iyul – dushanba kuni ertalab Moskvaga kuchli sel kelib, momaqaldiroq va chaqmoq chaqdi. Poytaxtda ob-havoning “olovrang” xavf darajasi e'lon qilindi. Momaqaldiroq va sel natijasida Moskva va Kaluga viloyatidagi 70dan ortiq aholi punktining elektr ta'minoti ishdan chiqdi.

Moskva aeroportlarining onlayn-tablosi ma'lumotlariga ko‘ra, Domodedovoda kamida 25 ta reys, Sheremetevoda esa 4 ta reys qoldirilgan. Vnukovo aeroportida ob-havo sharoiti noqulay kelishi natijasida 2 ta reys surilgan. Arbat tonnelida suv toshishi tufayli harakat to‘xtatib qo‘yilgan. Bu haqida TASS axborot agentligi ma'lum qildi. 

 “Arbat tunnelining o‘tish qismida suv toshishi kuzatilmoqda. Hozirga kelib, bu yerda transport vositalarining, shu jumladan jamoat transportining harakatlanishi butkul to‘xtatib qo‘yilgan”, - deya xabar beradi matbuot xizmati. Bu yerda favqulodda vaziyat vazirligi vakillari hamda YHXDI (Yo‘l harakati xavfsizligi Davlat inspeksiyasi) xodimlari ish olib borishmoqda. Moskvadagi noqulay ob-havo sharoiti oqibatlari bilan fotojamlanmada batafsil tanishing.

Shmitovdagi turar joy oldida suv toshqini

Lyublinodagi tunnelda suv toshqini

Shmitovdagi turar joy oldida suv toshqini

Shmitovda  qulagan daraxt

Arbat tunnelidagi mashinalar

Shmitovdagi turar joy oldida suv toshqini

Shmitovda  qulagan daraxt

Ko‘proq yangiliklar: