Yerevanda garovdagilardan yana 2 nafari ozod qilindi

Jahon 15:00 / 18.07.2016 6186

Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, Yerevan janubidagi politsiya binosini garovga olgan guruh yana ikki kishini qo‘yib yuborgan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

"18 iyulga o‘tar kechasi olib borilgan uzoq muzokaralardan keyin yana bir politsiyachi va bir haydovchi ozod qilindi. Qurolli guruh yuqori lavozimli asirlarini ozod qilishdan hamda qurollarni topshirib taslim bo‘lishdan bosh tortmoqda. Hujum oqibatida garovga olinganlarning hayoti va sog‘lig‘i xavf ostida qolmoqda", deyilgan xabarda.

Bundan oldinroq Yerevanda politsiya binosini qo‘lga olgan qurollangan muxolif guruh garovdagilardan birini ozod qilgani haqida xabar berilgandi. Endilikda yana 3 kishi garovda qolmoqda. Ulardan ikkisi Armaniston va Yerevan politsiyasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari Vardan Yegiazaryan hamda Valeriy Osipyan.

Ko‘proq yangiliklar: