Yerevanda 200ga yaqin kishining politsiya binosiga hujumga aloqadorligi tekshirildi

Jahon 09:40 / 18.07.2016 2994

Armanistonda Yerevandagi politsiya binosiga hujum qilinishiga aloqadorligi gumon qilingan 200 nafarga yaqin kishi qo‘lga olinib, tergov qilindi. Bu haqda «Interfaks» xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, ular «Ta'sis parlamenti» muxolif harakatiga aloqadorligi tekshirilgan.

Ayni vaqtda hukumat qo‘lga olinganlarning 50 nafarini qo‘yib yuborgan.

Ular orasida David Sanasaryan, Andrias Gukasyan va Shaen Arutyunyan kabi huquq faollari nomlari bor.

17 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:00 da muxolif harakatning bir guruh qurolli tarafdorlari mamlakat poytaxti Yerevan janubidagi Erebuni tumanida joylashgan politsiya patrul-post xizmati polkini qo‘lga olgan, u yerdagi sakkiz kishini garovga olgan edi. Hujum chog‘ida polk binosi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Artur Vanoyan halok bo‘lgan.

Qurolli guruh muxolif siyosatchi, «Yangi Armaniston» jamoat qutqaruv jabhasi yetakchisi Jirayr Sefilyanni hibsdan ozod etishni hamda hukumat iste'fosini talab qildi.

Ko‘proq yangiliklar: