Erdo‘g‘an o‘z safdoshining dafn marosimida ko‘z yoshlarini tutib tura olmadi

Jahon 08:35 / 18.07.2016 16227

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘zining safdoshi Erol Olchak va uning 16 yoshli o‘g‘lining dafn marosimida ko‘z yoshlarini tutib tura olmadi, deb ma'lum qildi NTV telekanali.

"Erol mening do‘stim edi", deb aytdi Erdo‘g‘an dafn marosimida.

Ta'kidlanishicha, Olchak Erdo‘g‘an boshqaradigan Turkiyaning hukmron partiyasi bilan uzoq yillar davomida hamkorlik qilgan agentlik asoschisi bo‘lgan. 

Erol Olchak o‘g‘li bilan birga Turkiyadagi harbiy to‘ntaruvga urinish vaqtida o‘ldirilgan.  

Avvalroq Erdo‘g‘an harbiy to‘ntaruvga urinish vaqtida halok bo‘lgan 7 kishining dafn marosimida ishtirok etayotgani videosi chop etilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: