Stanislav Cherchesov Rossiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ldi. Bu haqida «R-Sport» RFIdagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.
Rossiyalik ushbu mutaxassis nomzodi tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakunida tasdiqlangan.
«RFI va Stanislav Cherchesov o‘rtasidagi muzokaralardan keyin Stanislav Salamovich Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tasdiqlandi.
23 iyul kuni rasmiy hujjatlar va shartnoma imzolanadi», – deyilgan manbada.
Cherchesov 2015 yilning oktyatbridan beri Varshavaning “Legiya” klubi bosh murabbiyi lavozimini egallab kelayotgan edi. 52 yoshli mutaxassis qo‘l ostida jamoa Polsha chempionati hamda mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan.
Manba: Tribuna.uz