Britaniya TIV rahbarining samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Foto: TheSun
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning uncha katta bo‘lmagan samolyoti Bryussel yo‘lida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi, deya xabar bermoqda OAV.
Britaniya TIV rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, samolyot Londondagi Nortxolt aviabazasidan parvoz qilgan. Ammo “texnik muammolar sabab” Luton xalqaro aeroportiga qo‘ngan.
Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, Jonson ekipajning professionalligiga tashakkur bildirgan va Luton aeroporti rejadan tashqari qo‘nishni qabul qilganidan minnatdor ekanligini ham aytib o‘tgan.
Ayni damda Britaniya TIV rahbari Boris Jonson Belgiyaga parvozini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid

22:31 / 03.03.2025
Boris Jonson Tramp nega Ukrainaga bosim qilayotganini tushuntirdi

18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi

23:14 / 30.09.2024
Boris Jonson migratsiya inqirozida Fransiya prezidentini aybladi

21:47 / 26.08.2024