AShQning Baltimor shahridagi Burger King yemakxonasida 4 nafar insonni garovga olgan jinoyatchi ularning 2 nafarini qo‘yib yubordi.
Qo‘shimcha eshikdan chiqib ketishga ulgurgan mijozning so‘ziga qaraganda, jinoyatchi hali ham yosh qizaloqni garovda ushlab turibdi.
Shuningdek, u noma'lum jinoyatchining telefondan foydalanganini aytdi.
Avvalroq, Baltimorda noma'lum jinoyatchi politsiyadan qochib, Burger King’da 4 nafar insonni garovga olgan xabar qilingan edi.