Turkiya politsiyasi NATO va AQSh harbiy-havo kuchlarining Turkiya janubidagi Injirlik harbiy bazasida tekshiruv o‘tkazdi. Bu haqda Daily Sabah xabar tarqatgan.
17 iyul kuni ushbu baza boshlig‘i general Bekir Erjan Van 16 iyul kungi davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olingan edi. Qo‘mondon Adana viloyatida ushlangan. Mazkur mintaqada u bilan birga yana 10 nafar yuqori martabali harbiy hibsga olingan.
Bundan oldinroq, general Van QSh hukumatiga murojaat qilib, boshpana so‘ragani, AQSh esa bu murojaatga rad javobini bergani haqida ma'lum qilingandi.
Ayni vaqtga kelib, Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olinganlar soni 7,5 ming nafarga yetgan, shundan 103 nafari generallar yoki admirallardir.