Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin 400dan ortiq sudya va prokuror qo‘lga olindi

Jahon 17:59 / 17.07.2016 7334

Turkiyada harbiylarning davlat to‘ntarishiga urinishidan keyin Adliya sohasida xizmat qiluvchi sudya va prokurorlarning 426 nafar hibsga olingan. Bu haqda Anadolu xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlar FETÖ/PDY tashkiloti tomonidan uyushtirilgan isyon doirasidagi tekshiruvlar doirasida qamoqqa tashlanmoqda.

Istanbul shahrida 132 nafar sudya va prokuror qo‘lga olingan. Ularning uylarida tintuv o‘tkazishga orderlar berilgan.

Avvalroq Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin 2745 nafar hakam  o‘z lavozimidan olingani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: