Turkiya TIV rahbari Kerri bilan Gulenning ekstraditsiyasini muhokama qilmagan

Jahon 08:40 / 17.07.2016 6965

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li amerikalik hamkasbi, AQSh Davlat departamenti rahbari Jon Kerriga mamlakatda davlatga to‘ntarishi amalga oshirishga urinish ortida turgani gumon qilinayotgan Fathullo Gulen haqida tushuncha bergan, biroq AQSh rasmiysi bilan uni Turkiyaga topshirish masalasini muhokama qilmagan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

"Bizning kechagi so‘zlashuvimizda ekstraditsiya masalasi muhokama qilinmadi. Lekin men yana bir bor davlat to‘ntarishi Gulen tomonidan tashkillashtirilgani haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirdim", degan Chovusho‘g‘li intervyu vaqtida.

Turkiya TIV boshlig‘ining aytishicha, endilikda Turkiya armiyasini "Gulenizm" tarafdorlaridan "tozalash" amalga oshirilishi kerak.

"Tozalash ishlari yakunlanganidan keyingina, bizning armiyamiz yanada kuchliroq bo‘ladi", deya qo‘shimcha qilgan diplomat.

Bundan oldinroq, Erdo‘g‘an harbiy to‘ntarishning g‘oyaviy rahbari va tashkilotchisi sifatida aynan muxolifatchi Fathulloh Gulenni aytib, AQSh uni mamlakat ixtiyoriga topshirishi kerakligiga chaqirgani xabar qilingandi.

Jon Kerri esa rasmiy Anqaradan bunga dalil talab qildi.

Turkiya hukumati to‘ntarish ortida aynan Gulenning "parallel hukumati" turganini va uni yashirgan mamlakat Turkiyaga do‘st bo‘lmasligini ta'kidladi. Gulen esa bu ishlarga hech qanday aloqasi yo‘q ekanini aytmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: