Turkiya tashqi ishlar vazirligi to‘ntaruvga urinish oqibatida 290 dan ko‘proq kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi

Jahon 23:52 / 17.07.2016 6602

Turkiya tashqi ishlar vazirligi o‘z saytida mamlakatda to‘ntaruvga urinish oqibatida 290 dan ko‘proq kishi halok bo‘lgani va 1,4 ming kishi yaralanganini ma'lum qildi.

 "Afsuski, 190 dan ko‘proq fuqaromiz halok bo‘ldi va 1,4 mingdan ko‘prog‘i yaralangan", deyildi vazirlikda.

Vazirlik xodimlari to‘ntaruvda ishtirok etganlardan 100 nafari o‘lganini ma'lum qilgan. 

Avvalroq Turkiyadagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin qo‘lga olinganlar soni 6 minga yetgani ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: