Solar Impulse 2 samolyotining sayohati uchuvchining betobligi sababli vaqtinchalik qoldirildi

Fan-texnika 07:48 / 17.07.2016 3636

Quyosh batareyalarida parvoz qiluvchi Solar Impulse 2’ning Qohiradan o‘z parvozini boshlagan Abu-Dabiga parvozi uchuvchilardan biri – Bertran Pikar o‘zini yomon his qilayotgani sababli vaqtinchalik qoldirildi. 

"Men betobman. Oshqozonim bezovta qilmoqda. Men Solar Impulse 2 parvozini qoldirishni afzal ko‘rdim, bunday holatda 48 soat ucha olmayman, kechirasiz", deb yozdi uchuvchi tvitterda.

O‘tgan chorshanbada Andre Borshberg va Bertran Pikkar boshqarayotgan samolyot Misrdagi Giza piramidalari atrofida uchib, Qohiraga yetib kelgandi. 

Samolyot o‘zining dunyo bo‘ylab sayohatini 2015 yil 9 mart kuni Abu-Dabida boshlagandi. Samolyot Qohiradan Abu-Dabiga uchib, umumiy hisobda 43 ming km yo‘l bosib, o‘z sayohatini yakunlashi kerak.

Solar Impulse loyihasi 2003 yilda boshlangan. Samolyotning yaratilishida Shveytsariyaning Schindler kompaniyasi muhandislari Belgiyaning Solvay kompaniyasi ko‘magida ishtirok etishgan. Samolyotning o‘rtacha tezligi bor-yo‘g‘i 70 km/soatni tashkil qiladi. U birinchi marotaba 2010 yil aprelda parvoz qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: