Sochida tungi klubdan qaytayotgan 14 yoshli qizni o‘ldirib ketishdi

Jamiyat 17:16 / 17.07.2016 8587

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida 14 yoshli qizning o‘ldirilishi yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, qiz Sochining Magri Lazarevskiy posyolkasida yashagan. U 14 yoshda bo‘lib, maktabning to‘qqizinchi sinfida o‘qigan. Qiz tungi klubdan qaytayotganda temir yo‘l bekati yaqinida o‘ldirib ketilgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, qizning tanasida bo‘g‘ish va kuchli zarbalar alomati aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: